Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Qumtepa” mahallasiga 7.2 kilometr yangi toza ichimlik suvi tarmog‘i tortildi
2024-09-16 09:18:20 123
Qo‘shtepa tumanida joriy yilda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash, ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimi ob’yektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar davom etmoqda.
Jumladan, dasturga asosan “Qumtepa” MFY hududida yashovchi 680 ta aholi xonadonlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida B.Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan mavjud 2-dona tik ichimlik suvi qudug‘ini tozalash, 2-dona yangi suv nasosi o‘rnatish, 1-dona suv minorasini ta’mirlash hamda 10.6 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari rejalashtirilgan. Qurilish ishlari “Marom Build-Tech” MCHJ tomonidan olib borilmoqda.
Bugungi kunda quruvchi tashkilot tomonidan 7.2 km tarmoq tortish ishlari bajarildi. Qurilish ishlari esa davom etmoqda.