Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Kun qahramoni – Qo‘shtepalik paralimpiada chempioni Yorqinbek Odilov munosib kutib olindi

×

 2024-09-10 21:36:13    280

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor, Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida Farg‘ona farzandlari ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi. 

Kecha mamlakatimiz poytaxtiga qaytib kelgan paralimpiyachilar bugun o‘z yashash hududlariga yo‘lga chiqdilar.

Dastlab viloyatimiz sportchilari Farg‘ona shahriga kirish darvozasidan "Samo" sport majmuasigacha bo‘lgan masofaga kortejda harakatlanib, minglab sport muxlislari va vatandoshlarimizning olqishlari ostida kuzatib borildi. “Samo” sport majmuasida viloyat hokimligi vakillari, murabbiylar, sportchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali tadbir o‘tkazildi.

Shundan so‘ng barcha sportchilarimiz qatori Yorqinbek Odilov ham mahallasi Shomirzaga – oilasi bag‘riga kirib keldi. Matonatli va jasoratli paralimpiyachini mahalla ahli va yaqin insonlari karnay-surnay sadolari ostida, katta shodiyona va xursandchilik bilan qarshi oldilar.

Bugun eng yaxshi tilaklar, duolar, kuy-qo‘shiqlar Yorqinbek Odilov va uning ota-onasining sharafiga bo‘ldi. Sportchiga izzat-ikrom ko‘rsatildi.

Ushbu tadbirda tuman hokimining o‘rinbosarlari, mas’ul idora rahbarlari, shuningdek keng jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdilar.

Ushbu tadbirga tuman hokimi Anvarjon Abdullayev va sektor rahbarlari ham tashrif buyurishdi. Tuman hokimi Yorqinbek Odilovni erishgan g‘alabasi bilan muborakbod etib, uning ota-onasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Tadbir davomida chempionga urf-odatlarimizga ko‘ra to‘n va do‘ppi kiydirilib, uning yaqinlariga sovg‘alar topshirildi.