Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo‘shtepa tumani hokimining fuqarolar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi
2024-09-10 12:21:22 486
Matbuot tadbiri
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayevning fuqarolar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.
Aholi bilan bevosita ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan qabulda A.Abdullayev tomonidan elektr va suv ta’minotini yaxshilash, davolanish uchun moddiy yordam hamda boshqa masalalarga oid jami 50 nafardan ziyod fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish chora-tadbirlari ko‘rildi.