Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Xon atlas” festivaliga start berildi
2024-09-09 16:12:13 518
Mamlakatimiz bo‘ylab 9-14 sentyabr kunlari o‘tkazilayotgan “Xon atlas” festivali Qo‘shtepa tumanida ham boshlandi.
Bugun “Yangi do‘kon” mahallasi hududida joylashgan “Xabiba ona” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida milliy libosimiz atlasni targ‘ib qilishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva, tuman “Oqila ayollar harakati” rahbari D.Yusupovalar ishtirok etishdi.
Festival doirasidagi tadbirlar tumandagi mahallalarda, muassasa va tashkilotlarda davom etmoqda.