Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI “DO‘RMON” MAHALLASIDA BO‘LDI
2024-09-06 08:25:40 429
“Do‘rmon” mahallasida bo‘lgan tuman hokimi A.Abdullayev ushbu hududda Yaponiya davlati granti asosida tashkillangan tikuvchilik korxonasida ham bo‘lib, ish jarayonlari bilan tanishdi.
2023-2024 yillar davomida viloyatimizda Respublika oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining “Qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, uning moliyaviy asosini Jahon banki hamda Yaponiya ijtimoiy taraqqiyot jamg‘armasining moliyaviy ko‘magi tashkil etadi.
Bugungi kunda loyihada joriy yil uchun belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilib, tumanimizda ham tanlab olingan mahalla fuqarolar yig‘inlarida ishlar tizimli asosda olib borilmoqda.
Jumladan “Do‘rmon” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan “Do‘rmon kelajagi” ayollar farvonligini oshirish guruhining chevar ayollari ham o‘z faoliyatlarini olib bormoqdalar. Ushbu korxonada mahallaning kam ta’minlagan, boquvchisini yo‘qotgan ishsiz ayollari ish bilan ta’minlangan.