Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

×

 2024-09-06 07:54:44    68

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanida yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ishlar natijadorligi va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida sektor rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuvlar hamda ochiq muloqotlar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, tuman hokimi Anvarjon Abdullayev va sektor rahbarlari yoshlar faoliyati, qiziqish va takliflari bilan tanishish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda hal qilish maqsadida “G’ishtmon” madaniyat markazida yoshlar bilan uchrashdi.

Ochiq va samimiy kechgan navbatdagi uchrashuvda yosh avlodning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirishga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida 22 nafar yoshlarning murojaatlari eshitilib, barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olindi. YEchimi topilgan murojaatlar joyida hal etildi va ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram