Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 179 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BUGUN MAKTABLARDA “BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” TADBIRLARI O‘TKAZILIB, YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI

×

 2024-09-04 09:43:45    73

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi barcha maktablarda “Bilimlar kuni” keng nishonlandi

Bugun, 4 sentyabr kuni Qo‘shtepa tumanidagi 50 ta maktabda yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi.

2024-2025 o‘quv yilida 3 ming 710 nafar bolajon tumandagi umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi. Ular 13 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alarini qabul qilib olarkan, dillarida cheksiz quvonch, ertangi kunga yorug‘ umid va ishonch barq uradi.

Tumanimizdagi 15-maktabda ham “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ana shunday ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Bayramona bezatilgan ta’lim dargohi o‘quvchilarga yana o‘z eshiklarini ochdi.

Tadbirda tuman hokimi Anvarjon Abdullayev ishtirok etib, ustoz-murabbiylar, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabrikladi.

Mamlakatimizda sifatli ta’limga qaratilayotgan e’tiborning zamirida yoshlarning ilm olishi, kasb-hunar o‘rganishlari turganligi ta’kidlandi. Yutuqlarga erishgan o‘qituvchilar va o‘quvchilar e’tirof etildi.

Bugungi tadbirda birinchi sinf o‘quvchilarining har biriga Prezident sovg‘alari topshirildi. Shuningdek sportning basketbol turi bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan “O’zbekiston kubogi”da faxrli birinchi o‘rinni egallagan maktab o‘quvchilari va ularning murabbiylariga birinchi darajali diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur namoyish etilib, birinchi qo‘ng‘iroq sadolari ostida yangi o‘quv yilining ilk darslari boshlandi.

Tumandagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlanib, ko‘tarinki ruhdagi bilimlar kuni tadbirlari bo‘lib o‘tdi.















 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram