Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
CHEMPION XONADONIDA
2024-09-03 21:54:49 289
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga Qo‘shtepa tumani Shomirza qishlog‘ida yashovchi, Parij Paralimpiya o‘yinlarida para yengil atletika bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan Yorqinbek Odilov xonadonida bo‘lib, chempionning ota-onasi va mahalladoshlarini ushbu tarixiy g‘alaba bilan qutladi.
Yorqinbek Odilov Frantsiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 1 sentyabr kuni, para yengil atletika bo‘yicha F57 klassining nayza uloqtirish bahslarida ishtirok etib, 50.32 metr natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. U ushbu g‘alaba bilan O’zbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar sonini 5 taga yetkazdi.
Viloyat rahbari samimiy muloqot chog‘ida Yorqinbek kabi sportchilarimizning erishgan g‘alabasi barchaga katta g‘urur va iftixor bag‘ishlaganini, ularning matonat va irodasi yoshlarga namuna ekanligini alohida qayd etdi.
O’zbekiston terma jamoasi bugungi kunga qadar Paralimpiya o‘yinlarida 6 ta oltin, 4 ta kumush va 4 bronza medalini qo‘lga kiritdi.