Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

PROFESSIONAL TA’LIM: YANGI O‘QUV YILIGA HOZIRLIK QIZG‘IN

×

 2024-08-22 15:15:09    126

PDF yuklash
Chop etish


 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar viloyat boshqarmasi tasarrufidagi muassasalarda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan namunali seminarlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday o‘quv amaliy seminar Qo‘shtepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar viloyat boshqarmasi boshlig‘i T.Boymatov, shuningdek Toshloq, Yozyovon tumanlari, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlaridagi kasb-hunar maktablari direktorlari va ularning o‘rinbosarlari hamda muassasa jamoasi ishtirok etishdi.

Seminar ishtirokchilari mazkur ta’lim muassasasida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv binosi va o‘quv xonalari, amaliyot ustaxonalari va sport zalida olib borilgan ishlar bilan tanishdilar.

Ushbu kasb-hunar maktabida o‘quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 2024-2025 o‘quv yiliga o‘quv binosi, o‘quv xonalari, amaliyot ustaxonalari va sport zali na’munaviy tarzda tayyorlanib, ishchi xolatga keltirilgan. 9-sinf bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish bo‘yicha o‘quvchilarga yangilik yaratish maqsadida 2022-2023 o‘quv yilida tashabbusli byudjet loyihasi doirasida “Avto servis” ustaxonasi qurildi. Bu ustaxonada hozirgi kunda dual ta’lim va kunduzgi ta’lim yo‘nalishida o‘quvchilar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llab, o‘zlarini yo‘nalishlari bo‘yicha amaliyot o‘tab, ishlab kelmoqdalar. O’quvchilar darsdan bo‘sh vaqtlarida ustaxonadan topgan daromadlari evaziga oilalariga moddiy tomondan ham yordam ko‘rsatmoqdalar. Amaliyot ustaxonalarida kasb-hunarga ega bo‘lishlari uchun barcha zaruriy jihozlar tayyor holatga keltirilgan. O’quvchilar olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llab, kerakli bilimlarni egallamoqdalar.

Bir so‘z bilan aytganda seminar ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi, tashrif buyurgan mehmonlar o‘zlariga kerakli taassurotlar bilan qaytdilar.














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram