Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
2024-08-22 12:26:03 85
Qo‘shtepa tumanida yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ishlar natijadorligi va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida sektor rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuvlar va ochiq muloqotlar o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, bugun tuman hokimi Anvarjon Abdullayev yoshlar faoliyati, qiziqish va takliflari bilan tanishish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda hal qilish maqsadida 15-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida yoshlar bilan uchrashdi.
Ochiq va samimiy kechgan navbatdagi uchrashuvda yosh avlodning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirishga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari eshitilib, barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olindi. YEchimi topilgan murojaatlar joyida hal etildi va ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi.