Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
60 NAFARDAN ZIYOD XOTIN-QIZLARNING BANDLIGI TA’MINLANDI
2024-08-21 21:03:14 148
Qo‘shtepa tumanida nogironligi bor, ehtiyojmand va ko‘makka muxtoj xotin-qizlarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Ana shu ezgu ishlarning davomi sifatida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga mahallalardagi hokim yordamchilari tavsiyasi asosida zamonaviy tikuv mashinalari, pishiriq pechlari hamda motokultivator topshirilmoqda.
Mazkur mazkur mehnat qurollari ehtiyojmand xotin-qizlarning turmush sharoitini yaxshilash, ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish, bandligini ta’minlash maqsadida taqdim etilmoqda.
Jumladan bugun ham tuman hokimi A.Abdullayev ishtirokida Sayxunobod tajribasi asosida tumandagi “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan ishsiz ayollarga subsidiya asosida 45 dona tikuv mashinasi, 4 dona pech hamda 12 dona motokultivator berildi.