Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON
2024-08-15 22:04:09 184
Bugun tuman ishchi guruhi tomonidan Qo‘shtepa tumanidagi “Dehqon bozori” MChJ da “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarning ijrosi o‘rganildi.
O’rganish davomida bozor hududidagi barcha tashqi targ‘ibot vositalari, shu jumladan, lavhalar, e’lonlar, reklama va ko‘rgazmali axborot matnlari davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligi tahlil qilindi.
Qonunchilik talablariga zid bo‘lgan targ‘ibot vositalari qonunchiligimizga muvofiqlashtirish maqsadida olib tashlandi.
Shuningdek, bozorda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining davlat tilida, imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozilganligi ham tahlil qilinib, tadbirkorlarga “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarning mohiyati tushuntirildi.