Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA
2024-08-15 10:42:46 238
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shtepa tumanidagi “Shodlik” mahallasi, Nurobod ko‘chasi, 70-uyda yashovchi fuqaro Xurshidaxon Axmedovaning video murojaati e’lon qilingan edi. Ushbu murojaat tuman hokimi Anvarjon Abdullayev va mas’ullar ishtirokida o‘rganilib, murojaatchining oilaviy sharoiti bilan tanishildi.
Xurshidaxon Axmedova Qo‘shtepa tumanidagi “Do‘rmon” mahallasiga turmushga chiqqan va uch nafar farzandi bor. 2020 yili uning turmush o‘rtog‘i vafot etganligi sababli ota-onasining uyiga qaytib kelgan. Xurshidaxon Axmedova xozirda ota-onasining uyida yashaydi. Ularning yashash sharoitlari yaxshi. Xonadonlarida ikkita “Issiqxona”, bitta “Damas” rusumli avtomashina mavjud.
Xurshidaxon Axmedovani farzandlari bilan boshqa uy-joy qilib chiqarish maqsadida oila a’zolari maslahatlashgan xolda 100 million so‘mga yashash uylaridan uzoq bo‘lmagan joydan yangi chek olishgan. O’sha yerda joyning egasi sotishdan oldin qurib qo‘ygan bir xona uyda qarovsiz qolmasligi va imkon topib boshqa uy qurilguniga qadar yashab turishgan.
Xurshidaxon Axmedovaning boquvchisi yo‘qligi va uch nafar voyaga yetmagan farzandlari borligi tufayli “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari tomonidan ushbu oilaga yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
2024 yilda shakllantirilgan “Ayollar daftari”ning 5-bosqichini shakllantirish vaqtida xonadon o‘rganilganida Xurshidaxon Axmedova ijtimoiy restorda turganligi sababli 3-ya’ni ijtimoiy himoyaga muhtoj “Boquvchisi yo‘q” toifaga qo‘yilmagan va ish bilan band qilish maqsadida 1-ya’ni ijtimoiy himoyaga muhtoj “Ishsiz xotin-qizlar” toifasiga kiritilgan.
Xurshidaxon Axmedovaning bandligini ta’minlash va oilaviy sharoitini yaxshilash maqsadida unga bir qator ishlar taklif qilingan lekin fuqaro tomonidan rad etilgan. “Subsidiya” asosida tikuv mashinasi olib berish va bandligini ta’minlash maqsadida unga “Kasb hunar”ga o‘qish taklif qilingan bo‘lib, fuqaro buni ham kechiktirib kelyotganligini ma’lum qilamiz.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.