Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2024-08-01 12:07:49 244
Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yetmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman Kengashi deputatlari, tashkilotlar, idora va korxonalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya ishini tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Anvarjon Abdullayev olib bordi.
Sessiya kun tartibidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvar kungi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2024 yil 2-choragi davomida sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish” sohasida tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2024 yil 2-choragi davomida olib borilgan ishlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shtepa tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2024 yil 2-choragi davomida, sektorlar va hududdagi tashkilot rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati, tuman mahalliy byudjetining 2024 yil 2-choragi ijrosi, tumanda davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan tuman Adliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusida ko‘riladigan chora-tadbirlar, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan 2024-yil 6 oyida olib borilgan ishlar hamda Xalq deputatlari tuman Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash va boshqa masalalar o‘rin oldi.
Sessiya davomida barcha masalalar ko‘rib chiqildi. Ko‘rilgan masalalar yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida xalq deputatlari tuman kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.