Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA PRESS-TUR VA MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI
2024-07-26 14:26:02 125
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan navbatdagi press-tur tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar qatnashdi.
Ishtirokchilar press-tur davomida “Solijonbod” mahallasida bo‘lib mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar va tuman hokimligida tadbirkorlar hamda hunarmandlar tomonidan tashkil etilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.
Press-tur ishtirokchilari dastlab “Solijonbod” mahallasida tadbirkor Saidaxon Payziyeva tomonidan tashkil etilgan korxonada bo‘ldilar.
Mahalla hokim yordamchisi Sherzodbek Rahmonov hamda mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisining tashabbusi bilan hududda bo‘sh turgan binodan samarali foydalanish maqsadida tashkil etilgan korxonada 30 nafardan ziyod ishsiz xotin-qizlar va yoshlarning bandligi ta’minlandi.
Shuningdek mahalladagi Nasrullo Olloberdiyevga “Har bir oila tadbirkor” dasturi loyihasida 32 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilib qo‘lqop to‘qish dastgohi olib berilgan. Hozirda 2 nafar oila a’zolarining bandligi ham ta’minlanib, har kuni 150-160 ming so‘m daromad olinmoqda.
Bundan tashqari mahallada “Sayxunobod” tajribasini joriy etish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan Ma’murjon Umurzaqov xonadonida “Sayxunobod” tajribasi asosida uzumchilik va parrandachilik yo‘nalishi yo‘lga qo‘yilgan. 30 sotix tomorqaga uzum ekilib, parrandachilik yo‘nalishida 200 ta o‘rdak parvarishlanmoqda. Hozirda 4 nafar oila a’zolarining bandligi ta’minlangan.
Ishtirokchilar tadbir davomida xonadon egalari bilan hamsuhbat bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.
Press-turdan so‘ng tuman hokimligida jurnalist va blogerlar uchun “Qo‘shtepa tumanida yil boshidan beri erishilgan iqtisodiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlar” mavzusida matbuot anjumani ham tashkil etildi.
Matbuot anjumani Qo‘shtepa tumani hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Rustambek Poziljonov hamda Qo‘shtepa tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Alisher Usmonovlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Anjuman davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishlicha javoblar olishdi.