Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 254 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLABAY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2024-07-26 09:34:01    56

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tuman sanitariya epidemilogik-osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan olib borilayotgan mahallabay ishlar davom etmoqda. Mutaxassislar ishtirokida mavjud 51 ta MFYda ko‘chama ko‘cha kirilib, aholi xonadonlarida mahallabay o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Targ‘ibot tadbirlari davomida aholi o‘rtasida mavsumiy gripp, diyareya, botulizm, qizamiq, quturish, OITS, gepatit va boshqa kasalliklar haqida tushunchalar berilib, bukletlar tarqatilmoqda.

Shuningdek mahalla mas’ullari hamda patronaj hamshiralar ishtirokida yakka yolg‘iz, qarovchisi bo‘lmagan keksa yoshdagi va surunkali kasallik bilan “D” nazoratida turuvchilar xolidan xabar olinib ularga ham amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Targ‘ibot va o‘rganishlar davomida maishiy xizmat ob’ektlarida ishlovchi xodimlarga yuqumli kasalliklar profilaktikasi, yoz mavsumida ko‘p uchraydigan yuqumli kasalliklar hamda ularni oldini olish choralari, vaqtida emlanishlari bo‘yicha tushunchalar berilmokda. 

Hududlardagi maishiy chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga tashlamaslik, yer ustini tozalashlari haqida ma’sullarga tushuntirishlar berilmoqda.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram