Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IMTIYOZLI KREDIT HISOBIDAN MOTOKULTIVATOR BERILDI
2024-07-25 14:57:38 196
Bugun yurtimizda aholini kambag‘allikdan chiqarish, muhtoj oilalar va kishilarni tadbirkorlikka, kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash masalasiga davlat siyosatining bir yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Qo‘shtepa tumanida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Maqsad – odamlarga yordam berish, ularning hayotini o‘zgartirish, turmush darajasini oshirishdir. Shuning uchun ishsiz fuqarolarni ishlab daromad topishi uchun imkoniyat yaratib berilmoqda.
“Shahartepa” mahallasida yashovchi Omadjon Yunusov mehnatkash, kuch-g‘ayratli, oilaviy tadbirkorlikka qiziqishi yuqori bo‘lgan yigitlardan. Bugungi kunda mahalla hokim yordamchisining ko‘magi bilan unga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 10 million so‘m imtiyozli kredit hisobiga motokultivator olib berildi.
Omadjonning maqsadi odamlarning og‘irini yengil qilib oilasiga qo‘shimcha daromad keltirishdir.