Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA VILOYAT ISHCHI GURUHI TOMONIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
2024-07-23 16:35:07 200
O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov raisligida 2024-yil 10-may kuni o‘tkazilgan Geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi majlisining 35-son bayoni bilan belgilab berilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining maslahatchisi S.Tongotarova boshchiligidagi viloyat ishchi guruhi tomonidan Qo‘shtepa tumanida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O’rganish davomida tuman hududidagi ko‘chalarning toifalarga ajratilishi, nomsiz ko‘chalarni aniqlash hamda ularni nomlash ishlarining borishi tahlil qilindi.
Tahlil davomida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi, kadastrlar palatasi tuman bo‘limi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raislariga uslubiy yordam berildi.