Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLALARDA MAHALLABAY O‘RGANISH VA TARG‘IBOT TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA

×

 2024-07-11 09:46:57    111

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumani sanitariya epidemilogik-osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan barcha mahalla fuqorolar yig‘inlarida mahallabay o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Tumanimizdagi mavjud 51 mahallalarda patronaj hamshiralar va mahalla mas’ullari ishtirokida yakka yolg‘iz, qarovchisi bo‘lmagan keksa yoshdagi va surunkali kasallik bilan "D" nazoratida turuvchilar xolidan xabar olinib amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Targ‘ibot va o‘rganishlar davomida maishiy xizmat ob’ektlarida ishlovchi xodimlarga ham yuqumli kasalliklar profilaktikasi, mavsumiy yuqumli kasalliklarni oldini olish choralari va vaqtida emlanishlari bo‘yicha tushunchalar berilmokda. 

Aholining murojaatlari esa MFY mas’ullari ishtirokida o‘z o‘rnida ijobiy xal etilmoqda.

Shuningdek, mahalla hududidagi maishiy chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga tashlamaslik to‘g‘risida ham tushuntirish ishlari olib borilmoqda.      






                                                                                                         

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram