Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAXOVAT TADBIRLARI BARDAVOM: QO‘SHTEPA TUMANIDA 400 DAN ZIYOD EHTIYOJMAND OILALARGA BEG‘ARAZ BUG‘DOY TARQATILDI

×

 2024-07-10 18:58:26    102

PDF yuklash
Chop etish


 

Bu yilgi g‘alla xirmoni barokatli amallarga boy bo‘lmoqda. Shu kunlarda tumanimizdagi yuzlab xonadonlarga to‘kin-sochinlik, rizq-ro‘z, xayr-baraka kirib borib, xayrli va savobli amallar ko‘tarinkilik hamda uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

Gektarlardan mo‘l hosil yetishtirgan fermer xo‘jaliklari, klasterlar tashabbusi bilan Qo‘shtepa tumanidagi ehtiyojmand oilalarga hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turuvchi fuqarolarga beg‘araz bug‘doy tarqatilmoqda.

Jumladan, bugun Qo‘shtepa Farg‘onadon filialining omborida 2024 yil g‘alla hosili yig‘imi davomida tumandagi g‘alla yetishtiruvchi fermerlar, g‘allachilik klasterlari tomonidan o‘z ehtiyojlaridan ortgan don mahsulotlarini 51 ta mahallalar kesimida yetkazib berish maqsadida xayriya tadbiri uyushtirildi.

Tadbirda tuman hokimi Anvarjon Abdullayev va sektor rahbarlari, shuningdek tuman hokimining o‘rinbosarlari ham ishtirok etishdi.

Bu yilgi g‘alla rejasini ortig‘i bilan bajargan qo‘shtepalik fermerlar tomonidan tumandagi 400 dan ziyod ehtiyojmand oilalarga beg‘araz bug‘doy tarqatildi. Ajratilgan bug‘doylar mahallalarning mas’ullari tomonidan belgilangan manzillarga yetkazib berildi.

Bunday savobli ishlar tumanimizning barcha hududlarida keng ko‘lamda davom etmoqda.














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram