Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 99 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

×

 2024-07-08 20:53:26    33

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanidagi madaniyat markazida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligi mas’ullari, tijorat banklari rahbarlari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari, o‘quvchi-yoshlar, bitiruvchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda tuman hokimi Anvarjon Abdullayev Prezidentimiz raisligida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan ustuvor vazifalar ijrosiga to‘xtaldi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ta’limni davom ettirish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish va korxona-tashkilotlarga ishga joylashish istagidagi bitiruvchilar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar, ehtiyojmand oilalar vakillarini qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil tushuntirish berdi.

Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, muammo va takliflar yuzasidan murojaat qilib, savollariga amaliy javoblar olishdi. Yoshlar tomonidan o‘rtaga tashlangan tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kasb-hunar egallash, imtiyozli kredit olish, dehqonchilik uchun yer ajratish, ishga joylashish kabi masalalarga oid 22 ta murojaatning 9 tasi joyida ijobiy hal qilindi.

O’z o‘rnida, “Hokim va yoshlar” uchrashuvida bildirilgan barcha taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi, ko‘tarilgan muammoli masalalar ijrosi nazoratga olinishi qayd etildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram