Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“KIBERMADANIYATNI YUKSALTIRISH” TARG‘IBOT OYLIGI DAVOM ETMOQDA

×

 2024-07-05 15:24:44    34

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor viloyatimizda 1-iyuldan 31-iyulgacha “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” o‘tkazilmoqda.

Oylik doirasida Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida tashkil etilgan tadbirda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazining mas’ul xodimi A.Mamatxonov, Markaziy bank viloyat boshqarmasidan N.Obidov hamda hokimlik vakillaridan tuzilgan ishchi-guruhi, shuningdek tuman IIB boshlig‘i I.Xamroqulov va korxona, tashkilotlar vakillari, mahallalarning mas’ullari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida hozirgi rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari asrida hayotning barcha jabhalarida kompyuter va raqamlashtirilgan turli xil texnikalar ommalashayotgani, afsuski, bundan g‘araz maqsadda foydalanuvchilar ham ortib borayotgani, natijada sodir etilayotgan jinoyatlar orasida internet va kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq holatlar nisbati keskin oshib ketayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Shu sababli “Fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda fuqarolarda “kibergigiyena”ni shakllantirish” zarurligi va bu borada hamkorlikda ish olib borishlik tushuntirildi.















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram