Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPADA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI YANADA YAXSHILANMOQDA
2024-07-05 09:57:56 526
Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ichimlik suvi ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi aholi xonadonlarini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumani hokimining 2024 yil 31 may kungi Farmoyishiga asosan “O’qchi”, “Vatan”, “Loyson”, “Sarmozor” va “G’ishtmon” mahallalariga 69 million so‘m mablag‘ ajratilib polietilen suv quvirlari olib berildi.
Bugungi kunda mahalla bilan hamkorlikda “Vatan” mahallasining Shifokorlar ko‘chasida D-76 mmli 700 metr, “G’ishtmon” mahallasining Oxang ko‘chasida D-76 mmli 1100 metr, “Loyson” mahallasining Mulkabod ko‘chasida D-76 mmli 400 metr tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda.