Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON
2024-07-03 16:13:01 405
Qo‘shtepa tumanidagi "Quvurboshi" mahalla fuqarolar yig‘ini hamda "O’zagroinspektsiya" ning Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani bo‘limida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevral kungi "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 61-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-mart kungi "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risida" gi 5040-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O’rganish davomida ish qog‘ozlari, ichki va tashqi targ‘ibot vositalari davlat tilida, imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozilishi hamda belgilangan tartib asosida joylashtirilishi tahlil qilindi.
Tahlil davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.