Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NAVBATDAGI SAYYOR QABUL “KARNAYCHI” MAHALLASIDA O‘TDI
2024-06-28 12:39:03 361
Qo‘shtepa tumanidagi jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida mas’ul rahbarlar tomonidan sayyor qabullar muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.
Hususan bugun tuman hokimi A.Abdullayev tomonidan 1-sektor hududidagi “Karnaychi” mahalla fuqarolar yig‘inida “Sayyor qabul” o‘tkazildi.
Muammolar yuzma-yuz, oshkora aytilgan uchrashuvda tuman hokimi tomonidan fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi oson bo‘lgan murojaatlar joyida hal etildi. Ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.