Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA 27 IYUN – MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI HAMDA YOSHLAR KUNI KENG NISHONLANDI

×

 2024-06-27 17:14:26    336

PDF yuklash
Chop etish


 

Barchamizga ma’lumki, bugun yurtimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlanmoqda. Qolaversa, 30 iyunda  Yoshlar kuni nishonlanadi. Ikki qo‘shaloq bayram munosabti bilan “Rayhon” to‘yxonasida tuman hokimligi tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirga viloyat va tuman ommaviy axborot vositalari xodimlari, faxriy jurnalistlar, blogerlar shuningdek mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda faol yoshlar taklif etildi.

Tantanada tuman hokimi A.Abdullayev va sektor rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman rahbari so‘z olib, bugungi kunda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, ayniqsa, jurnalist va blogerlarning qadr-qimmati yuksalayotgani hamda ular hamisha jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo‘lib kelayotganini ta’kidladi.

A.Abdullayev o‘z navbatida barcha yoshlarni ham bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Tuman rahbari o‘z so‘zida mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati darajasidagi muhim masala bo‘lib kelgani, so‘nggi yillarda yosh yigit-qizlarimiz uchun yaratilayotgan keng ko‘lamdagi imkoniyat va shart-sharoitlar, ularning o‘qib-o‘rganishlari, qizg‘in faoliyat ko‘rsatishlari uchun qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik nafaqat yurtdoshlarimiz, balki dunyo hamjamiyatini ham o‘ziga jalb etayotganligini alohida e’tirof etdi. 

Bayram kechasida tumanni ijtimoiy-ma’naviy yuksaltirish ishiga qo‘shgan salmoqli hissasi, jamiyat hayotidagi, so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirishdagi faolligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlashdagi tashabbuskorligi uchun hamda 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar tuman hokimining tashakkurnomalari hamda sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shundan so‘ng sektor rahbarlari ishtirokida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini imtiyozli tamomlagan iqtidorli o‘quvchilarning 25 nafariga oltin va 5 nafariga kumush medallar topshirildi. Shuningdek, tadbirda turli yo‘nalishlarda yutuqlarni qo‘lga kiritgan, tumanning ijtimoiy hayotida faollik ko‘rsatib kelayotgan yoshlar vakillariga ham diplom va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.  

Bayram tadbiri davomida taniqli estrada xonandasi Qodirjon Axmedov, Laziza Azizzoda va tuman Madaniyat bo‘limining xushovoz xonandasi S.Azimov ijrosida yangragan dilrabo kuy-qo‘shiqlarga tantana ishtirokchilari dildan xirom ayladilar.


















 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram