Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TAKRORIY EKIN QO‘SHIMCHA DAROMAD MANBAIDIR

×

 2024-06-25 16:42:42    192

PDF yuklash
Chop etish



Seminar

Dehqon xo‘jaliklari, aholi tomorqalari hamda boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish ishlarini o‘rganish, bu boradagi ilg‘or tajribalarni targ‘ib qilish maqsadida Qo‘shtepa  tumanidagi “Qumtepa Qamishtepa” MMTP hududidagi “Alijon Bobomurod zamini” fermer xo‘jaligida g‘alladan bo‘shagan takroriy ekin ekiladigan maydonda seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda viloyatdan biriktirilgan ishchi guruh vakillari, tuman hokimi A.Abdullayev, sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar, mahalla beshligi, eksportyorlar hamda kam ta’minlangan oila vakillari va yoshlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida mas’ullar tomonidan tumandagi fermer xo‘jaliklarining g‘allasi o‘rib olingan yer maydonlari bo‘sh qoldirilmay peshma-pesh somondan tozalanishi, ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolarga va yoshlarga takroriy ekin uchun har bir fermer xo‘jaligidan yer ajratilib, takroriy ekin ekish tashkil qilinishi, serdaromad va eksportbop sabzavot, poliz, kartoshka, sholi va dukkakli ekinlar ekilishi haqida tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, “Alijon Bobomurod zamini” fermer xo‘jaligida g‘alladan bo‘shagan yer maydoni takroriy ekin ekish uchun 20 sotixdan ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolarga va yoshlarga ajratib berildi.

Takroriy ekin ekayotgan fuqarolar “Qo‘shtepa bog‘i bo‘ston” eksportyor korxonasi tomonidan o‘zaro shartnoma tuzish orqali sifatli urug‘lik va meneral o‘g‘it bilan ta’minlanadi.

Bugun g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlarni ekish bo‘yicha namunaviy dastur - yo‘l xaritasi asosida har bir fermer xo‘jaligida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, yerlarni haydash, ekin ekish hamda sug‘orish borasida amaliy ishlar boshlab yuborildi.

















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram