Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2024-06-24 14:17:16 183
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shtepa tumani Soybo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi S.Soipovning murojaati e’lon qilingan edi.
Soybo‘yi MFY, Soyyoqasi ko‘chasida istiqomat qiluvchi Sh.Sultonov xonadoni a’zosi bo‘lgan S.Soipovga “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida qoramol sotib olish uchun o‘n million so‘m naqd pul ko‘rinishida imtiyozli kredit berilgan. Shuningdek Sh.Sultonovning turmush o‘rtog‘i G.Sultonova tomonidan tikuv mashinasi ko‘rinishida subsidiya olish to‘g‘risidagi joriy yil 19 aprel kungi elektron arizasi uni tegishli daftarlardan birontasida ro‘yxatda turmaganligi sababli “skoring” tekshiruv tomonidan inson omilisiz “avtomatik” ravishda rad qilingan. Shundan so‘ng fuqaro G.Sultonova “To‘quvchilik” kasbiga o‘qishtish uchun Soybo‘yi MFY hududida tashkil qilingan o‘quv kursiga jalb qilinib, xozirgi kunda kasbga o‘qitilmoqda.
Agarda xonadan a’zolari belgilangan taribda daftarlarning biriga ro‘yxatga qo‘yilsa hamda ish qidirayotgan shaxs maqomiga ega bo‘lsa subsidiya olish uchun elektron ravishda ariza berishi mumkinligi murojaatchiga tushuntirlganligini ma’lum qilamiz.
Qo‘shtepa tumani hokimligi axborot xizmati.