Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“QIYQI” MAHALLASIDA SAYYOR SUD MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
2024-06-20 14:30:06 432
Bugun Qo‘shtepa tumanidagi “Qiyqi” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudining ochiq sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudining raisi Raxmatjon Arapov raisligida bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisida 8 nafar shaxsga oid 8 ta jinoyat ishi ko‘rilib, 7 ta jinoyat ishi bo‘yicha 7 nafar sudlanuvchilarga jazo tayinlab hukm chiqarilgan bo‘lsa, 1 ta jinoyat ishi taraflarning yarashganligi munosabati bilan tugatildi.