Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2024-06-20 08:47:06 217
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shtepa tumani Soybo‘yi MFYda yashovchi Mirzoxid Tojimatovning turmush o‘rtog‘i Noilaxon Jo‘rayevaga tayinlangan 14 yoshgacha nafaqa puli kechikishi yuzasidan yo‘llagan murojaati e’lon qilindi.
Ushbu murojaat yuzasidan Soybo‘yi MFYda yashovchi Noilaxon Jo‘rayevaga tayinlangan iyun oyi bolalar nafaqa mablag‘i 2024 yil 14 iyun kuni moliyalashganligini va shu kunning o‘zida mijozning bank plastik kartasiga 404 000 (to‘rt yuz to‘rt ming) so‘m mablag‘ kirim qilinganligini Halq banki Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa BHM ma’lum qiladi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.