Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QURBON HAYITI MUNOSABATI BILAN 400 DAN ZIYOD OILALARGA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TARQATILDI
2024-06-14 19:04:26 500
Xalqimiz orasida e’tiborga muhtoj kishilardan xabar olish, ularning og‘irini yengil qilish va beg‘araz yordam qo‘lini cho‘zish azaliy qadriyatlarimizdan biridir.
Qo‘shtepa tumanida yurtimizdagi har bayramlarda ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, bir so‘z bilan aytganda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarga doimiy e’tibor ko‘rsatilib, zaruriy ko‘maklar berib kelinmoqda.
Xususan, bugun Qurbon hayiti munosabati bilan tuman hokimi A.Abdullayev va sektor rahbarlari ishtirokida “Dehqon bozori” MChJda va mahallalardagi sahovatpesha insonlar tomonidan ijtimoiy ko‘makka muxtoj, kam ta’minlangan, nogironligi bor shaxslar, betob yotgan keksalar jami 440 dan ziyod oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Ushbu mahsulotlar MFY raislari va mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan o‘z egalariga yetkazib berilmoqda.