Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 84 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

G’ALLA O‘RIMIDA ISHTIROK ETAYOTGAN KOMBAYN OPERATORLARI MODDIY RAG‘BATLANTIRILMOQDA

×

 2024-06-13 11:21:14    225

PDF yuklash
Chop etish



Shu kunlarda Qo‘shtepa tumanining barcha hududlarida rizq-ro‘zimiz bo‘lgan g‘allani qisqa fursatlarda yig‘ishtirib olish ishlari qizg‘in pallaga kirib, g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

Mirishkorlarning mashaqqatli mehnati evaziga yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay yig‘ishtirib olish uchun 24 ta otryad tashkil etilgan. Tumanda jami 166 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 7 ming 900 gektar dala maydonlariga boshoqli don ekilib, parvarish qilindi. Agrotexnik tadbirlar ilmiy asoslarga tayangan holda amalga oshirildi.

Yig‘im-terim mavsumiga 24 dona yuqori unumli don o‘rim kombaynlari, 150 dona don tashish texnikalari, 5 ta ko‘chma ustaxonalar va 6 dona yoqilg‘i tashish texnikalari biriktirilib, dalalarimizda oltinday tovlanayotgan g‘alla hosilini nes-nobud qilmay yig‘ishtirib olish uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

Shuningdek, g‘alla mavsumida ishtirok etayotgan kombayn operatorlarini rag‘batlantirish maqsadida ish xaqlari dala maydonlarida tarqatilmoqda.




 

 

 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram