Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BO‘LAJAK KELIN-KUYOVLAR BILAN SUHBATLAR O‘TKAZILMOQDA
2024-06-13 09:19:11 295
Qo‘shtepa tumanida bo‘lajak kelin-kuyovlar va ularning ota-onalari bilan to‘y oldi jarayonlari hamda to‘ydan keyingi munosabatlarni yaxshilash, rasmiy nikohning afzalliklari, oila muqaddasligi, oilada erning va ayolning vazifalari, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, joylarda to‘y va marosimlarni ixcham holda o‘tkazish, ajrimlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni yaxshilash maqsadida masjid imom-xatiblari va otinoyilar, FHDYo organlari xodimlari hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida suhbatlar o‘tkazishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, yosh nikohlanuvchilar bilan “Oila va nikohning muqaddasligi”, “Er-xotinning oiladagi burch va vazifalari” mavzularida ham suhbatlar tashkil etilmoqda. Ushbu suhbatlarda mas’ullar tomonidan bo‘lajak kelinlarga sharm-hayo, muomala madaniyati, kiyinish madaniyati, qaynota-qaynonaga bo‘lgan munosabat hamda turmush o‘rtog‘i oldidagi o‘z vazifalari haqida tushunchalar berib borilmoqda.
Qo‘shtepa tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan yosh nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari yuzasidan o‘tkazilgan suhbatda tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva, “Oqila ayollar” harakati rahbari D.Yusupova, psixolog M.Akabarova hamda imom xatib ishtirok etdi.