Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
VAZIR O’RINBOSARI QO’SHTEPA TUMANI TA'LIM MUASSASA RAHBARLARI BILAN UCHRASHDI
2024-06-12 19:54:45 274
Avval xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev viloyatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligining yig‘ilishlar zalida tumandagi ta’lim muassasalarining rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan davra suhbati tashkillandi.
Unda qatnashgan vazir o‘rinbosari yakunlanib borayotgan o‘quv yili yutuq va kamchiliklari, yangi o‘quv yilini puxta hozirlik bilan kutib olish xususida gapirdi.
Rahbar ta’lim va tarbiyaning uzviyligi, bu borada milliy qadriyat va an’analarimiz, allomalarimizning boy merosiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Pedagoglar maqomi, o‘qituvchi qadr-qimmati va uning hurmati negizida ma’naviy va ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga e’tibor qaratdi.
O’quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ta’lim samaradorligini oshirish, muallimlarning o‘z bilimlarini muntazam oshirib borishlari uchun barcha sharoitlar hamda imkoniyatlar mavjudligini va undan oqilona foydalanishga da’vat qildi.
Maktablarda o‘tkazilayotgan pedagogik kengashlarda ko‘riladigan masalalarning dolzarbligiga jiddiy yondashishlik muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, o‘quvchi va o‘qituvchilarning kiyinish madaniyati ham bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lib, buning uchun rahbarlar mas’ul ekanligini eslatib o‘tdi.