Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA QURBON HAYITINI MUNOSIB O‘TKAZISHNI TA’MINLASH BO‘YICHA BARCHA YO‘NALISHLARDA TAYYORGARLIK ISHLARI OLIB BORILMOQDA

×

 2024-06-12 13:51:46    134

PDF yuklash
Chop etish


 

Yoshlar markazida Qo‘shtepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Yusupov rahbarligida Qurbon hayit bayramini yuqori saviyada uyushqoqlik bilan o‘tkazishga tayyorgarlik yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qo‘shtepa tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi S.Nuriddinov hamda 15 ta masjid imom xatiblari va mahalla domlalari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Muborak Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, muruvvat, do‘stlik-hamjihatlik kabi ezgu tamoyillarni mustahkamlash borasidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosligi ta’kidlanib, qutlug‘ ayyomni munosib kutib olish hamda yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tegishli vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, Qurbon hayiti namozi o‘qilishi davrida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, namozxonlarga qulay shart-sharoitlar yaratib berish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ayni damda tumanimizda Qurbon hayitini munosib o‘tkazishni ta’minlash bo‘yicha barcha yo‘nalishlarda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram