Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JAHON BANKI VAKILLARI QO‘SHTEPA TUMANIDA BO‘LISHDI
2024-06-12 09:14:00 209
Jahon banki vakillari Qo‘shtepa tumanida bo‘lishib, “Qoraqushchi” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan “Shodlik” pazanda ayollar jamoasi a’zolari tomonidan tayyorlanayotgan turli xil pishiriqlarni tayyorlash jarayonlariyu uning xaridorgirligi bilan yaqindan tanishdilar.
Bundan bir yil ilgari “Mehrjon” ayollar va bolalar markazi xodimlari uyma-uy yurib, “Qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatini kengaytirish” loyihasi haqida targ‘ibot ishlarini olib borishgandi. Bugungi kunga kelib 5 nafar ayolning bugun hayoti farovon. Kichikkina mablag‘dan boshlagan ishlari bugun katta daromad olib kela boshladi. Tuman hokimligi ko‘magi bilan joy ham ajratib berildi.
Jahon banki vakillari guruh ayollaridagi katta o‘zgarishni ko‘rib, ajratilayotgan mablag‘lar besamar ketmasligiga ishonch hosil qildilar, - deydi tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Maryamxon Yo‘ldosheva.