Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI

×

 2024-06-11 15:10:01    127

PDF yuklash
Chop etish


 

Bugun Qo‘shtepa tumanida Farg‘ona viloyati hokimligi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tasdiqlangan media-rejaga asosan, tuman hokimi A.Abdullayev ishtirokida aholi bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tuman xalq qabulxonasida o‘tkazilgan ochiq muloqotda sektorlar rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot va muassasalar mas’ullari ham ishtirok etdilar.

Ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan muloqot davomida fuqarolarning kommunal soha, bank krediti, uy-joy, ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash, ishga joylashish, tibbiy xizmat va boshqa masalalar bilan bog‘liq murojaatlari o‘rganib chiqildi.

Qabul davomida 43 nafar fuqaro tomonidan turli masalalarda bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularga ijobiy yechim topish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Fuqarolar murojaatlarining ba’zilariga shu kuni ijobiy yechim topilgan bo‘lsa, ijrosi yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan masalalar tegishli idoralarga yo‘naltirilib, nazoratga olindi.

 











 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram