Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPALIK FERMER YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISHNI JORIY ETIB, HAR GEKTAR G‘ALLA MAYDONIDAN 100 TSENTNERDAN HOSIL OLMOQDA

×

 2024-06-11 08:34:17    136

PDF yuklash
Chop etish



Ayni kunlarda Qo‘shtepa tumanida 7 ming 900 gektar maydonda parvarishlangan bug‘doy hosili yig‘ib olinayotir. Shu maqsadda tumanda 24 ta o‘rim-yig‘im otryadi tashkil etilib, 24 ta yuqori unumli don kombaynlari yordamida yig‘ib olinayotgan elimizning rizq-nasibasi peshma-pesh don omoborlariga yetkazilmoqda.

Xalqimiz dasturxoni mo‘l-ko‘lchiligi uchun tumandagi g‘allachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan barcha agrotexnik tadbirlar o‘z muddatida va sifatli amalga oshirildi. O’z navbatida g‘alla maydonlarida uch marotaba azotli va mahalliy o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlari bajarildi. G’allachilikda innovatsion yondashuvlar tufayli esa yildan-yilga hosildorlik salmog‘i ortib boryapti.

—Shu kunlarda qariyb 60 gektar yerda parvarishlangan “Asr” navli g‘alla yuqori unumli kombaynda yig‘ishtirib olinib, har gektar yerdan olinayotgan hosildorlik o‘rtacha 100 tsentnerni tashkil etmoqda,—deydi “Hamidullayev Rizqitillo” fermer xo‘jaligi rahbari Sayfullo Umarov. —Xo‘jaligimiz a’zolari bilan 51 gektar g‘alla maydonida joriy yildan tomchilatib sug‘orish usuli yo‘lga qo‘yilgani ham mo‘l hosil yetishtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram