Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ZIYORATGOH VA QABRISTONLARDA, KO‘CHALARDA HASHAR UYUSHTIRILIB, OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

×

 2024-06-08 10:16:47    165

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumani hokimligi tashabbusi bilan Muborak Qurbon hayiti oldidan 8-9 iyun kunlari mahallalardagi ziyoratgoh va qabristonlarda, ko‘chalarda hashar uyushtirilib, obodonlashtirish ishlari olib borilishi rejalashtirildi.

Bugun erta tongdan boshlangan hasharda “G’ishtmon” mahallasidagi “G’ishtmon” qabristonida ham hashar tashkil etilib, obodonlashtirish, tozalik ishlarida 250 nafardan ziyod mahalla ahli ishtirok etdi. Natijada hudud shox-shabbalardan, qabriston atrofi chiqindilardan tozalandi va ariq yo‘llari ochildi.

– Erta tongdan hashar bo‘lishini eshitib, mahallamizdagi yoshu qari kelishdi, – deydi “G’ishtmon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Arabjon Abdujalilov. – Qabristonlar tozaligi va obodonchiligi uchun o‘tkaziladigan hashar insonga mehr-oqibat, odamiylikdan saboq beruvchi bebaho tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbir sanaladi. Buni anglagan mahalladoshlarimiz hasharda birdamliklarini ko‘rsatishdi.

Muborak Qurbon hayiti oldidan tashkil etilgan hashar tadbirlari yakshanba kuni ham tumanimiz bo‘ylab davom ettiriladi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram