Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DO‘RMONLIK AYOLLARINING IQTISODIY IMKONIYATLARI KENGAYMOQDA
2024-06-06 12:00:31 289
Qo‘shtepa tumanidagi “Do‘rmon” mahalla fuqarolar yig‘iniga “Qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasini amalga oshirish maqsadida Jaxon banki, Yaponiya ijtimoiy taraqqiyot jamg‘armasi hamda boshqa hamkor idoralarning vakillari tashrif buyurdilar.
Mehmonlar mahallada amalga oshirilayotgan yangi loyiha bilan yana bir bora tanishib, ushbu loyiha doirasida Jaxon banki hisobidan 10400 AQSh dollar mablag‘ ajratilganligini ma’lum qildilar.
Bunday beg‘araz yordamdan do‘rmonlik ayollarning ko‘ngillari tog‘day ko‘tarilib, tashkilotchilarga cheksiz minnatdorchilik bildirishdi.