Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"YOSHLARGA ENG KO‘P YORDAM KO‘RSATGAN TADBIRKOR" NOMINATSIYASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
2024-06-03 16:32:25 250
Qo‘shtepa tumanida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Yoshlarga oid davlat dasturi hamda IIOlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bandligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.Bobojonovning 2024 yil 9 may kunidagi 150-sonli farmoyishi hamda mazkur farmoyishga asosan IIV o‘rinbosari B.Abdullayevning 2024 yil 28 may kunidagi 173-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida saralab olingan 3 ta tadbirkor faoliyati ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.
O’rganish yakunlariga ko‘ra "Yoshlarga eng ko‘p yordam ko‘rsatgan tadbirkor" nominatsiyasida "SHARQ RAVON" MChJ belgilab berilgan baholash mezoni natijalariga asosan tuman bosqichi g‘olibi deb topilib, viloyatga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Tadbir yakuniga ko‘ra, g‘oliblar sektor rahbarining esdalik sovg‘alari va faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.