Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 99 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMAN “INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI XODIMLARINING ONALARIGA EHTIROM KO‘RSATILDI

×

 2024-05-30 18:53:26    145

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanida “Onalarga ehtirom” festivali doirasida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda. Mahallalar, tashkilot va muassasalarda ibratli oilalar bekalari, jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgan farzandlar onalari, oqila opa-singillarimizga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatilmoqda.

Tumanimizdagi “Rayyon” tadbirlar majmuasida Qo‘shtepa tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbariyati tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirga markaz xodimlarining mo‘’tabar onalari taklif etildi.

Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbirda onaxonlarga tashabbuskorligi va intiluvchanligi bilan ijtimoiy himoya sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan farzandlarni tarbiyalaganlari uchun minnatdorlik bildirilib, guldastalar, esdalik sovg‘alari ulashildi.

Shu kuni xodimlar onalariga atagan ezgu tilaklarini izhor etishdi, ularni ulug‘lovchi she’rlar o‘qishdi. O’z navbatida, mo‘’tabar onalarning bu kabi ehtiromdan, e’zozdan ko‘ngillari quvonchga to‘lib, yurtga tinchlik, dasturxonlarga to‘kinlik tilab, duoga qo‘l ochishdi.




















 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram