Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BO‘STONLIK YOSHLARNING QIZIQISHLARI VA XOXISH-ISTAKLARI RO‘YOBGA CHIQDI
2024-05-30 17:25:28 215
Qo‘shtepa tumanida "Og‘ir" toifadagi yoshlarga ularning og‘irini yengil qilish maqsadida, biriktirilgan rahbarlar tomonidan turli yo‘nalishlarda yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda.
Jumladan, bugun “Bo‘ston” mahallasidagi 26 nafar yoshlarga biriktirilgan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Dolimov tomonidan uchrashuvlar o‘tkazildi.
O’tkazilgan uchrashuvlar hamda suhbatlar natijasiga ko‘ra yordam so‘ragan yoshlarga ularning qiziqishlari va xoxish-istaklaridan kelib chiqib, murojaat qilgan 4 nafar yoshga motokultivator, tikuv mashinasi, kompyuter jamlamasi hamda elektr payvandlash uskunasi biriktirilgan rahbar tomonidan tuman hokimi A.Abdullayev ishtirokida taqdim qilindi.
Bundan tashqari, ushbu mahalladagi 6 nafar yoshlarga mahalla yettiligi tavsiyasi asosida dehqonchilik qilib qo‘shimcha daromad olishlari uchun yer maydoni ham ajratib berildi.