Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 245 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA “ONALARGA EHTIROM” FESTIVALINING TUMAN BOSQICHI O‘TKAZILDI VA G‘OLIBLAR TAQDIRLANDI

×

 2024-05-29 12:23:01    148

PDF yuklash
Chop etish


 

Bugun Qo‘shtepa tumanidagi “Rayhon” tantanalar majmausida viloyatimizda to‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan “Onalarga ehtirom” festivalining tuman bosqichi yakunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

200 nafarga yaqin onaxonlarni, jamoatchilik vakillarini o‘zida jamlagan tadbirda tuman hokimi Anvarjon Abdullayev va tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etdi.

Bayram tadbirini tuman hokimi Anvarjon Abdullayev ochib berdi. Sektor rahbarlari ishtirokida festival doirasida o‘tgan tanlovlar g‘oliblariga va faol ishtirokchilarga tashkilotchilarning tashakurnomalari, esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, Ozodaxon Toshmatovaga “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni ham topshirildi.

Tadbirda so‘z olganlar tomonidan festival doirasida barcha mahalla va maskanlarda, mehnat jamoalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, mo‘tabar zotlarga yuksak izzat-ikrom ko‘rsatilayotganiga e’tibor qaratildi.

To‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lgan munis va mo‘’tabar onajonlar bunday ezgu tashabbus va e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirib, bugungidek tinch va osoyishta kunlar bardavom bo‘lishini tilab duoga qo‘l ochdilar.

Bayram dasturi davomida tumanimiz xushovoz xonandalari tomonidan mo‘’tabar onaxonlarga bag‘ishlanib, yangragan kuy-qo‘shiqlar, go‘zal raqslar dillarga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.


























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram