Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPALIK VATANDOSHLARIMIZ HAJ SAFARIGA JO‘NAB KETISHDI
2024-05-29 09:09:34 237
Islom dinidagi farzlardan biri haj safarini ado etish amali hisoblanadi. Minglab vatandoshlarimiz qatori qo‘shtepalik ziyoratchilar ham yaratib berilgan sharoitlar bois muborak haj safariga jo‘nab ketishdi.
Ziyorat oldidan tuman hokimi A.Abdullayev barcha nomzodlarni tabriklab, haj ziyoratini o‘rnatilgan tartib-qoidalarga mos ravishda ado etib Vatanga eson-omon qaytib kelishlarini tiladi.
Tadbirdan so‘ng barcha ziyoratchilarni tuman hokimligi, ularning oila a’zolari kuzatishdi. Tashkil etilgan avtobuslar orqali bu yilgi haj ziyorati baxtiga musharraf bo‘lgan vatandoshlarimiz viloyatimiz markazi tomon yo‘l oldilar.