Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAYAJONLI “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” JARANGI O‘QUVCHI-YOSHLARIMIZNI YANGI MARRALAR SARI CHORLAYDI (FOTO)

×

 2024-05-25 10:26:50    244

PDF yuklash
Chop etish


 

Bugun erta tongdanoq Qo‘shtepa tumanidagi barcha maktablar o‘zgacha fayz va tarovatga to‘ldi. Bayram ruhi ila bezatilgan ta’lim dargohlariga o‘quvchi-yoshlar, ota-onalar, ustoz muallimlar va keng jamoatchilik vakillari “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirini o‘tkazish uchun to‘planishdi.

“Qiyqi” mahallasidagi 11-umumta’lim maktabida tashkil etilgan so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida maktab bitiruvchilari katta hayotga kuzatildi.

Tadbirni tuman hokimi Anvarjon Abdullayev ochib, Prezidentimizning bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

2023-2024 o‘quv yili davomida o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilgan fidoiy ustozlar hamda bilimi, namunali xulqi va odobi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilar tuman hokimining Tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbirda ishtirok etgan Farg‘ona politexnika instituti  birinchi prorektori Sherzod Dexkanov ham yig‘ilganlarni ushbu hayajonli va tarixiy lahzalar bilan qutlab, maktab kutubxonasiga badiiy kitoblar sovg‘a qildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yangradi. Tantanada ota-onalar, mehmonlar bitiruvchilarni tabriklab, ularga ta’lim-tarbiya bergan ustozlarga minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Tumandagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ana shunday bayromana tarzda nishonlandi.






















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram