Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2024-05-24 16:57:58    305

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tuman hokimi A.Abdullayev va tuman prokurori A.Xudoyberganovlar bugun “Do‘rmon” mahallasida bo‘lishdi.

Dastlab “J.Jaxonov Do‘rmon” MMTP hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Abdusamat Jasurbek” fermer xo‘jaligida joriy yil hosili uchun yetishtirilayotgan g‘alla va paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi bilan tanishildi.

Tuman hokimi tomonidan fermer xo‘jaligi rahbariga g‘alla va g‘o‘za parvarishidagi agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng “Davlat chorva” dehqon xo‘jaligi faoliyati o‘rganilib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholiga sifatli sut va go‘sht mahsulotlari yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar berildi.

“Do'rmon yulduz" MChJda bo‘lgan tuman hokimi va prokurori tomonidan mahallada yangi investitsiya loyihasi asosida xususiy maktabgacha ta’lim muassasi faoliyatini tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan qurilish ishlari ham o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan tadbirkorga loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan takliflar berildi.









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram