Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 124 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANI PROKURORINING TASHABBUSI BILAN “BO‘SH ISH O‘RINLARI” MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI

×

 2024-05-24 14:50:12    201

PDF yuklash
Chop etish


 

Aholi turmush tarzini yaxshilash va ishlash istagida bo‘lgan “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasbga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mehnatga layoqatli ishsiz shu jumladan tashqi mehnat migratsiyasidan qaytganlar bandligini ta’minlash maqsadida Katta Beshkapa mahallasida joylashgan Beshkapa oila shifokorlik punkti hovlisida Qo‘shtepa tumani prokurori A.Xudoyberganovning tashabbusi bilan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi A.Abdullayev va tuman prokurori A.Xudoyberganovlar ham ishtirok etishdi.

 Mazkur mehnat yarmarkasida tumandagi 28 ta korxona tashkilot hamda xususiy korxonalar va tadbirkorlar 150 ta mavjud bo‘sh (vakant) hamda kvota ish o‘rinlari, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotlaridan namunalar bilan qatnashdilar.

Mehnat yarmarkasiga mahalla fuqarolar yig‘inlaridan 41 nafar ishsiz ishlash istagida bo‘lgan xotin-qizlar va yoshlar hamda ishsiz fuqarolar jalb etildi.

 Yarmarka ishtirokchilarining 15 nafariga kasb-hunar markazlariga hamda 12 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. 3 nafar migrantlarga o‘z tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida imtiyozli kredit olish uchun tavsiya berildi. Markaz bo‘limi mutaxassislari tomonidan esa 11 nafar fuqarolarga  mehnat munosabatlariga oid huquqiy maslahatlar berildi.


















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram