Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KATTA BESHKAPA MAHALLASIDA TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZILDI

×

 2024-05-24 14:17:25    142

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani prokuraturasining tashabbusi bilan 2-sektor hududidagi Katta Beshkapa mahallasida hududida joylashgan Beshkapa oila shifokorlik punktida tuman hokimligi, tuman prokuraturasi va tibbiyot birlashmasi hamkorligida tashkil etilgan tibbiy ko‘rikda onalik bolalik, tug‘ish yoshidagi ayollar hamda tuman aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tekshiruvlaridan o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi A.Abdullayev va tuman prokurori A.Xudoyberganovlar ham ishtirok etishdi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tekshiruvida hududdagi 428 nafar fuqarolar ishtirok etdilar.  Shundan 101 nafar 18 yoshgacha bolalar, 81 nafar tug‘ish yoshidagi ayollar hamda 246 nafar katta yoshdagi aholi vakillari qatnashdi.

Skrining tekshiruviga tuman mutaxassislaridan ginekolog, mamolog, kardiolog, endokrinolog, nevropatologi, ortoped, pulmanolog, gematolog va UTTva EKG jalb etildi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tekshiruvi natijalariga ko‘ra 101 nafar 18 yoshgacha bo‘lgan bolalardan 6 nafarida birlamchi kasalliklar aniqlandi. Ularga mutaxassislar tomonidan ambulator davo tayinlanib hududiy oila shifokori nazoratiga qo‘yildi.

81 nafar tug‘ish yoshidagi ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan skirining tekshiruvi natijalariga ko‘ra 31 nafarida EGK (ekstragenital) kasalliklar aniqlanib xududiy oila shifokorlari nazoratiga qo‘yildi hamda ambulator davo tayinlandi.

246 nafar katta yoshdagi aholi vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tekshiruvi natijalariga ko‘ra 32 nafar fuqarolarda ikkilamchi yurak qon tomir kasalliklari hamda 6 nafar fuqarolarda ikkilamchi endokrinologik kasalliklar aniqlanib, viloyat mutaxassislari tomonidan ambulator muolajalar yozildi va hududiy birlamchi tibbiyot muassasalari oila shifokorlari tomonidan nazoratga olindi.









 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram