Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 201 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM OLIMPIADASI G‘OLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

×

 2024-05-23 13:56:32    138

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida tumandagi mavjud umumta’lim maktablarining 4-6 sinflarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida matematika, ingliz tili hamda tabiiy fanlardan "Hokim olimpiadasi" o‘tkazildi.

Olimpiadaning yakuniy taqdirlash marosimida tuman hokimi Anvarjon Abullayev va sektor rahbarlari, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, shuningdek mutasaddi tashkilot xodimlari va o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

"Hokim olimpiadasi"ni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad: iqtidorli o‘quvchilarni saralash, ularni fanga to‘g‘ri yo‘naltirish, mahalliy va xalqaro olimpiadalardagi ishtiroklarini yuzaga chiqarishdan iboratdir.

252 nafar o‘quvchi yoshlar ishtirok etgan olimpiada yakunida 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

1-o‘rinni tumandagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Sayidaziz Yoqubov;

2-o‘rinni 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Marjonaxon Rashidova;

3-o‘rinni 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Rustamjon Tojiboyevlar qo‘lga kiritishdi.

6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida esa:

1-o‘rinni 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Gavharshod Xolmusayeva;

2-o‘rinni 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Dildora Ne’matova;

3-o‘rinni 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Madinaxon Salimovalar qo‘lga kiritishdi.

G’oliblarga tuman hokimligining 1-2-3 darajali diplom va tashakkurnomalari hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, g‘olib o‘quvchilarning ustozlariga ham tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram